Namangan viloyati IIBda “25-oktyabr - ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
“25-oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari xodimlari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati IIBda o‘tkazilgan tadbir davlat madhiyasi bilan boshlanib, undan so‘ng boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev barcha shaxsiy tarkibni kasb bayramlari bilan samimiy qutlab, Ichki ishlar vazirining tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbir davomida samarali mehnatlari bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh rahbar va xodimlar vazirlikning “Aʼlo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, “Benuqson xizmatlari uchun” birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali ko‘krak nishonlari, kitoblar to‘plami, pul mukofotlari, muddatidan avval “podpolkovnik”, “leytenant” maxsus unvonlari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, 2 nafar xodim “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasining esdalik qo‘l soati” bilan mukofotlandi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng mukofotlangan rahbar va xodimlar so‘z olib, ushbu rag‘batlar ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan bir qatorda yana-da yuqori masʼuliyatda ish tashkil etishga undashini aytib, minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Tadbir yakunida Boshqarma boshlig‘i yangicha ish uslublari orqali jamoat tartibini saqlash bo‘yicha Namangan shahar tajribasi yurtboshimiz tomonidan alohida eʼtirof etilganini, ushbu eʼtirof Namanganga bildirilgan yuksak ishonchligi va kelgusida ham mana shu ishonchga munosib tarzda vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishda bardavom bo‘lish lozimligini taʼkidladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati