13 Yanvar 2024 yil 2810

Namangan viloyati IIB JXX HPB xodimlarining 2023-yil 12 oyi davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi

Joriy yilning 11-yanvar kuni Namangan viloyati IIB  Katta majlislar zalida boshqarma Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi apparati, tuman-shahar IIB boshliqlarining xizmat bo‘yicha  o‘rinbosarlari, JXXHPB boshliqlari, profilaktika (katta) inspektorlari, HKMB katta inspektorlari hamda voyaga yetmaganlar bo‘yicha  inspektor-psixologlar  ishtirokida o‘tgan 2023-yilning 12 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlili va  yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish  bo‘lib  o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi  xizmati  boshlig‘i hamda Namangan viloyati  IIB boshlig‘ining o‘rinbosari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yo‘nalishlar kesimida  muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Namangan viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining axboroti  tinglandi. Axborotdan kelib chiqib,  eʼtibor  qaratish  zarur bo‘lgan vazifalar  belgilab  olindi.

 Xususan, o‘tgan yil davomida Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga so‘zsiz amal qilinishi, shuningdek, kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi  talablariga rioya etishlarini taʼminlash borasida olib borilgan amaliy ishlar qayd etildi.

 Axborotdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi  xizmati  boshlig‘i, polkovnik  Baxtiyor Berdialiyev so‘z olib,  so‘nggi 7 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aholining tinchligini saqlash va xavfsizligini taʼminlash masalasiga katta eʼtibor qaratib kelinayotganligi, mahallada xavfsiz muhitni yaratish borasida ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlariga yuksak ishonch bildirilib, ularning benuqson xizmat tashkil etishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligini alohida taʼkidladi.

Yig‘ilish yakunida  xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga  erishgan va samarali mehnat qilgan xodimlarga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomalari hamda pul mukofotlari  tantanali ravishda topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech