8 Noyabr 2023 yil 1813

Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tizimida xizmat qilayotgan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar uchun amaliy o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 30-oktyabr kunidagi "Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xodimlari faoliyatini yana-da takomillashtirish, shuningdek, ularning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, Respublika miqyosidagi tuman-shahar ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar bo‘linmalarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida joriy yilning 4-noyabr kunidan 10-noyabr kuniga qadar bir haftalik o‘quv yig‘inlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoyishiga asosan Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi 07648-sonli harbiy qism bazasida viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tizimida xizmat olib borayotgan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari uchun amaliy o‘quv yig‘inlari tashkil etildi. Unda viloyatning 9 ta hamkor tashkilotlarning mahoratli mutaxassislari tomonidan kasbiy, jismoniy, jangovar shuningdek, maʼnaviy, siyosiy fanlar o‘qitilmoqda. Ular bilan darsdan bo‘sh vaqtlarida turli xil jismoniy mashg‘ulotlar, psixologik va maʼrifiy tadbirlar hamda saf tayyorgarligi o‘tkazilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech