Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xafsizligi boshqarmasi tomonidan “mahallabay-kvadrat” tizimi asosida mahallalarda jamoatchilik bilan ishlash va targ‘ibot kuni munosabati bilan ish tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishida “Xavfsiz yo‘l - xavfsiz piyoda 2024” konsepsiyasini hafta kunlari kesimida tashkil etish bo‘yicha tizimli topshiriqlar berildi.
Ushbu topshiriqqa asosan Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i hamda maʼsul xodimlari tomonidan Namangan shahrida “qizil” toifaga kiruvchi 58-kvadrat xududidagi “Olvalizor” maxallasida "mahallabay-kvadrat" tizimi asosida jamoatchilik bilan ishlash va targ‘ibot kuni munosabati bilan ish tashkil etildi.
Dastlab, Namangan muhandislik texnologiyalar institutida talabalar bilan ochiq muloqot tarzida davra suhbati o‘tkazilib, taʼsirchan videorolik namoyish etildi.
Keyingi tadbirlar davomida mahallaga biriktirilgan kvadrat xodimi va YHXB maʼsullari bilan hududidagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xaydovchilarni ishtirokida transport vositasini olib qochish jinoyatining oqibatlari, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha suhbatlashilib, ularga eslatma bukletlar tarqatildi.
Shundan so‘ng, targ‘ibot “Olvalizor” mahallasidan o‘tgan Marg‘ilon ko‘chasida davom ettirilib, ushbu ko‘chada ustaxonalar, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari oldiga eslatma bannerlar joylashtirildi. Hududda profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazilib, piyodaga yo‘l bermagan qoidabuzar haydovchilar, yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda va velosipedchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla raisi va barcha faollar ishtirokida hududda yashovchi eng ko‘p qoidabuzarlik sodir etgan xaydovchilar orasidan yil davomida 20 dan ortiq qoidabuzarlik sodir etgan qoidabuzar haydovchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, bugungi kunda sodir bo‘layotgan og‘ir oqibatli YTHlari yuqoridagi ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni ortidan kelib chiqishini tushuntirilib, barchani ogohlikka chaqirildi.
Yig‘ilishdan so‘ng, mahalla hududida yo‘l-transport hodisalari natijasida texnik shikastlanib, ayanchli ahvolga kelib qolgan avtomashinalardan iborat targ‘ibot avtakarvoni harakatlandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati