3 Noyabr 2023 yil 1549

Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmatining 9 oy yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Oybek Xo‘jaqulov tomonidan Jamoat xavfsizligi xizmati hamda uning quyi tizimlarida joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda boshqarma JXX JTSB, HPB, YHXB va Probatsiya xizmati rahbar hamda barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tahlillar asosida masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida xizmat faoliyatida yuqori ko‘rsatkichga erishgan bir guruh xodimlarga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Text to speech