16 Avgust 2024 yil 9732

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida tergov va ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentning tegishli ko‘rsatmasiga asosan joriy yilning 15-avgust kuni Namangan viloyat IIBda Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan tergov bo‘linmalari bo‘linmalari va ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun tergov sifatini oshirish, jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, tergov faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni oldini olish maqsadida sud, prokuratura organlari hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida muqaddam tergov qilingan ishlar bo‘yicha chiqarilgan oqlov hukmi, sudlardan JPKning 416,417-moddalari tartibida kelib tushgan ajrimlar, prokuratura va suddan jinoyat ishlarni qo‘shimcha tergovga qaytarilishi, xususiy ajrimlar, prokuratura organlaridan taqdimnomalar kiritilishi va intizomiy ish qo‘zg‘atish kabi salbiy holatlar muhokama qilinib, kelgusida bu kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Tergov boshqarmasining malakali tergovchilari tomonidan “Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha hodisa joyini ko‘zdan kechirish hamda hodisa joyi chizmasini rasmiylashtirish tartibi, bu turdagi jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, tayinlanadigan ekspertizalar turlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida o‘quv darsi o‘tkazildi.

O‘quv-seminari mashg‘uloti yakunida tergov sifatini oshirish, jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, tergov faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech