4 Dekabr 2023 yil 3912

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan navbatdagi o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilarni bilim va malakalarini yana-da oshirish, tergov hamda surishtiruv sifatini takomillashtirish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Unda Tergov boshqarmasi xodimlari va quyi tizimda xizmat qilib kelayotgan barcha tergovchi hamda surishtiruvchilar ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘ulotida Tergov boshqarmasining malakali tergovchilari tomonidan “Yo‘l transport hodisalari va transport vositasini olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari o‘tkazish taktikasi” mavzusida maʼruza qilinib, tergovchi va surishtiruvchilar bilan mavzu doirasida muammoli holatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Namangan viloyati IIB tergov bo‘linmalari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish ahvoli, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida bu kabi xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech