Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilarni bilim va malakalarini yana-da oshirish, tergov hamda surishtiruv sifatini takomillashtirish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda Tergov boshqarmasi xodimlari va quyi tizimda xizmat qilib kelayotgan barcha tergovchi hamda surishtiruvchilar ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘ulotida Tergov boshqarmasining malakali tergovchilari tomonidan "Bosqinchilik va talonchilikka doir ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvlarni olib borish hamda ushbu turdagi jinoyat ishlarini tergov qilish taktikasi” mavzusida maʼruza qilinib, yosh tergovchi va surishtiruvchilar bilan mavzu doirasida muammoli holatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan tergov va surishtiruv davrida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan kelib tushgan xususiy ajrimlar tahlil qilinib, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati