27 Sentyabr 2023 yil 3043

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining jinoyat ishi yuzasidan kiritilgan taqdimnomasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishini tergov qilish chog‘ida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Ganiyev  Elyorbek Ulugbekovich, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Nurali Sapayev, viloyat IIB va shahar IIO FMB xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishi davomida Namangan shahrida yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlarni sodir etilishiga sababchi bo‘layotgan omillar tahlil qilinib, bu borada masʼullarning faoliyati keskin tanqid qilindi.

Shuningdek, yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar hamda huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini olish maqsadida inspektor psixolog va boshqa hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda profilaktik tadbirlar tashkil etilishi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini taʼminlash bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.   

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech