19 Avgust 2025 yil 50

Namangan viloyati IIB tomonidan biriktirilgan oilalar ahvoli o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli Qarori – “Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, hududlarda ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan biriktirilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli muntazam ravishda o‘rganib kelinmoqda.

Shu doirada bugun Namangan viloyati IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Namangan tumanining “Urganji” mahallasida bo‘lib, biriktirilgan oilalar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi. Amaliy o‘rganish davomida xonadonlarning yashash sharoitlari, oilaviy va maishiy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Oila vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga oilalarga doimiy ko‘mak ko‘rsatish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech