7 Mart 2024 yil 3552

Namangan viloyati IIB tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilib kelayotgan ayollar uchun ham bayram tadbiri tashkil etildi. “Shodiyona” majmuasida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Ichki ishlar Vazirining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV va viloyat IIBning buyruqlari asosida mukofotlangan xodimlarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari, barcha tadbirga taklif etilgan ayollarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir davomida yurtimizning taniqli xonandalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar barcha ayollarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech