30 Oktyabr 2023 yil 1272

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining 9 oylik ish faoliyatlari sarhisob qilindi

Bugun Boshqarma Majlislar zalida Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida 9 oylik yakunlari bo‘yicha muhokama yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Elyorbek Ganiyev tergov bo‘linmalarining asosiy ish ko‘rsatkichlari, tergov sifati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov o‘tkazish vaqtida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya etish ahvolini tanqidiy ruhda tahlil qilib, kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida o‘tgan davr mobaynida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, boshqa hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar kompyuter jamlanmalari va pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech