21 Oktyabr 2024 yil 1256

Namangan viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining pastrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.

Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;

- doimiy yashash joyi bo‘yicha Namangan viloyati hududida ro‘yxatda turgan;

- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);

- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;

- bo‘yi 170 (bir yuz yetmish ) santimetrdan past bo‘lmagan;

- Oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli (qizil) diplom bilan tamomlagan;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan;

- Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lganlar va sportning individual turlarida g‘olib bo‘lganlar (OTMning sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsa ham);

- xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari (OTMning sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsa ham).

Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Joriy yilning 22-oktyabr kunidan 1-noyabr kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.

Qo‘shimcha maʼlumotlarni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sayti, viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari hamda "Telegram" messenjeridagi @nomzod2020 manzili yoki 69-210-32-06 va 95-707-85-86 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech