Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan xodimlarning tungi faoliyati To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘rganildi
Viloyatning barcha shahar va tumanlarida olib borilayotgan tizimli o‘rganishlar davomida tungi xizmatni samarali tashkil etish hamda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar va ko‘rsatmalar berilmoqda.
Jumladan, boshqarma rahbariyati tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida tuman IIB hamda boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari tomonidan tungi xizmatning tizimli tashkil etilgani tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida “Yangiobod” mahallasi hududida tungi xizmatga jalb etilgan va Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining xizmat faoliyati tekshirilib, ularga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, "Isʼhoqxon Ibrat" nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va qo‘riqlashga jalb etilgan xodimlarning faoliyati ham o‘rganildi.
Shu bilan birga, tuman IIB rahbariyati va xodimlariga tungi vaqtlarda xushyor xizmat olib borish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        