9 Fevral 2024 yil 2344

Namangan viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi ota-onalar bilan uchrashuvi To‘raqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov, IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi va boshqa masʼullar tomonidan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, xizmat intizomi hamda qonunchilikni mustahkamlash, ular tomonidan salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida To‘raqorg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila a‘zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi, tuman IIB barcha shaxsiy tarkibi, ularning ota-onalari va boshqa masʼullar ishtirok etib, dastlab polkovnik Faxriddin Rahmatov ishtirokchilarga xodimlarni hozirgi kunda xizmat faoliyatlari davomida erishgan yutuqlari hamda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yuzasidan maʼlumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan turli salbiy holatlar, yaʼni korrupsion va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat va ijrochilik intizomiga qatʼiy amal qilishlari, noqonuniy xati-harakatlardan tiyilishlari haqida ogohlantirildi.

Uchrashuv davomida, xodimlarning oila-aʼzolariga o‘zlarini qiziqtirgan savolar va muammolari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Uchrashuv so‘nggida, ijobiy ish ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar va ularning oila-aʼzolariga Boshqarma rahbariyatining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari topshirildi.

Shuningdek, 3 nafar xodimga ofitserlar tarkibidagi navbatdagi maxsus unvonlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech