13 Fevral 2024 yil 2815

Namangan viloyati IIb rahbariyati tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan xodimlarning ota-onalari bilan uchrashuvlar davom ettirilmoqda

Hozirgi kunda Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ular tomonidan salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Namangan viloyati IIb boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov va IIV SHXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi tomonidan Chortoq tumani Ichki ishlar bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolari va ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda dastlab, polkovnik Faxriddin Rahmatov davlatimiz tomonidan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar haqida maʼlumot berib, xodimlarni xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda Ichki ishlar organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari hamda ota-onalarga bu bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur ekanligi alohida taʼkidladi.

Shundan so‘ng, IIV SHXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi tomonidan xodimlar turli salbiy holatlar, yaʼni korrupsion va tamagirlik holatlarini sodir etmaslik, xizmatni o‘tash davomida buyruq hamda qonunlarga qatʼiy amal qilishlari, noqonuniy xati-harakatlardan tiyilishlari haqida ogohlantirildi.

Uchrashuv so‘nggida, ijobiy ish ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar va ularning oila-aʼzolari Boshqarma rahbariyatining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirilib, 4 nafar xodimga boshqarma rahbariyatining minnatdorchiligi eʼlon qilindi.

Shuningdek, o‘zining yuksak kasb mahoratlarini namoyon qilib, biriktirilgan xizmat hududida fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash borasida namunali xizmat tashkil etib kelayotgan 10 nafar profilaktika inspektorlariga Chortoq tuman hokimligi tomonidan xizmatda foydalanish uchun 10 ta kompyuter jamlanmasi topshirildi.

Uchrashuv yakunidan so‘ng, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik F.U.Raxmatov xodimlarning yashash joyi, mavjud muammo va kamchiliklari, oilaviy ahvolini o‘rganish maqsadida Chortoq tuman IIBning bir guruh xodimlarining xonadoniga tashrif buyurib, ularning oila aʼzolari bilan yaqindan suhbat o‘tkazildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech