Namangan viloyati IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Chust tumanida o‘rganish ishlari olib bordi
Hududlarda ichki ishlar organlari xodimlarining tungi faoliyatini o‘rganish ishlari doimiy ravishda davom etib, masʼul rahbar va xodimlarga jinoyatchilikning oldini olish va tungi xizmatni samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriq hamda ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.
Bugun boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh Chust tumanining “Kamarsada” mahallasida tashkil etilgan 1-son “Huquq-tartibot maskani” hamda shahar markazida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyatini atroflicha o‘rgandi. Ularga tungi faoliyat davomida PQ-1 va PQ-253-son Qarorlari asosida xizmat olib borish va boshqa muhim masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Pungon–Namangan avtomobil yo‘lining “Chustnon–Do‘stlarobod” mahallasi hududidan o‘tgan qismida xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining faoliyati ham tekshirilib, ularga xizmatni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Bu kabi o‘rganish ishlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        