29 Oktyabr 2025 yil 94

Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanida tungi o‘rganish ishlari olib borildi

Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan tizimli ravishda amalga oshirilayotgan tungi o‘rganishlar davomida ichki ishlar bo‘limi xodimlarining xizmat faoliyati chuqur tahlil qilinmoqda. Ushbu jarayonlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bu kabi holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berilmoqda.

Jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan navbatdagi o‘rganish davomida tungi xizmatga jalb etilgan naryadlar hamda “Sharq” mahallasi profilaktika inspektorlarining faoliyati o‘rganildi. Shu bilan birga, naryadlarga yo‘riqnoma o‘tkazilib, tungi xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida tungi xizmat faoliyati bilan bir qatorda ijtimoiy soha obyektlarining holati ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, tuman elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lgan o‘rganishlarda soha mutaxassislari bilan suhbat o‘tkazilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, zahira ehtiyot qismlarining texnik holati o‘rganildi hamda mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech