24 Oktyabr 2025 yil 144

Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Uychi tumanida joylashgan 6-son tergov hibsxonasi faoliyati o‘rganildi

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan jinoyat protsessining adolatli va qonuniy amalga oshirilishi, saqlovdagi shaxslar huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Uychi tumanida joylashgan 6-son tergov hibsxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida hibsxonadagi moddiy-texnika taʼminoti, saqlovdagi shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat bilan taʼminlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahbuslar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Saqlovdagi shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va huquqiy kafolatlarni taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

O‘rganish doirasida hibsxona rahbariyatga xodimlar tomonidan xizmat va ijrochilik intizomi hamda qonuniylikka qatʼiy amal qilish, ularning kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech