Namangan viloyati IIB rahbariyatining tungi faoliyatni o‘rganish ishlari Uychi tumanida davom ettirildi
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan hududlarda tungi xizmat faoliyatini tizimli ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar tungi xizmat samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va aholining osoyishtaligini saqlashga xizmat qilmoqda.
Jumladan, boshqarma boshlig‘i boshchiligida Uychi tumanida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi faoliyat o‘rganildi.
O‘rganishlar dastlab tumanning “Beruniy” mahallasida boshlanib, profilaktika inspektorining tungi xizmat faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng chegaraoldi hududlarda joylashgan “Keskanyor”, “Yangihayot” va “Yangiyer” mahallalarida xizmat olib borayotgan naryad bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda PQ–1-son qarori ijrosini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi va elektr tarmoqlari korxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, zahira omborlaridagi ehtiyot qismlarning texnik holati o‘rganildi. Mutaxassislarning mavsumiy tayyorgarlik borasidagi axborotlari tinglandi. Shu bilan birga, aholiga xizmat ko‘rsatish tizimi ko‘zdan kechirilib, mavsumni betalofat o‘tkazish va favqulodda holatlarga shaylikni taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati