Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan tungi o‘rganishlari Norin tumanida olib borildi
Boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Norin tumanida o‘rganish ishlari davom ettirilib, tungi yo‘nalishlarda xizmat olib borayotgan xodimlarga aholi osoyishtaligini saqlash, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumandagi paxta qabul qilish maskanida amalga oshirilgan texnika xavfsizligi chora-tadbirlari ko‘zdan kechirildi. Paxta tashuvchi haydovchilar, maskan xodimlari hamda ushbu hududga biriktirilgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga paxtani yong‘indan asrash, tashish jarayonida harakat xavfsizligiga qatʼiy rioya etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, Andijon va Namangan viloyatlarini bog‘lovchi “Norin” YPX maskani faoliyati ham o‘rganilib, tungi vaqtda haydovchilarning hushyorligini oshirish, shuningdek viloyat hududiga noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning kirib kelishini oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Viloyat bo‘ylab bu kabi tungi o‘rganishlar muntazam davom ettirilmoqda. Aholi tinchligi va hududlar osoyishtaligini taʼminlash esa ichki ishlar organlari faoliyatining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olingan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        