Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanida tungi o‘rganish ishlari olib borildi
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tizimli ravishda xizmat olib borilmoqda.
Shu jumladan, boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, tumandagi muhim toifadagi obyektlarning qo‘riqlanishi jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, “Ko‘prikboshi” va “Shodlik” mahallalarida faoliyat yuritayotgan “Huquq-tartibot maskani”ning ish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida tungi vaqtlarda aholi tinchligi, hudud osoyishtaligini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish yuzasidan masʼul rahbar va xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati