18 Oktyabr 2025 yil 28

Namangan viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi o‘rganishlari Yangi Namangan tumanida olib borildi

Viloyat hududi bo‘ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan o‘rganishlar davomida mahallalardagi jinoyatchilik holati chuqur tahlil qilinib, ijtimoiy soha obyektlari hamda tungi xizmat faoliyatining samarali tashkil etilishi o‘rganilmoqda.

Boshqarma rahbariyatining navbatdagi o‘rganish manzili Yangi Namangan tumani bo‘ldi. Dastlab “Mingchinor”, “Furqat”, “Maʼnaviyat”, “Beruniy” va “Guliston” mahallalarida tungi osoyishtalikni taʼminlashga jalb etilgan xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda tungi xizmat davomida xushyorlikni taʼminlash, xizmat intizomiga qatʼiy rioya etish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng “Furqat” mahallasi profilaktika inspektorlari faoliyati o‘rganilib, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi tinchligini saqlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar va vazifalar yuklatildi.

Bundan tashqari, “O‘zsuvtaʼminot” AJ Yangi Namangan tumani bo‘limi faoliyati bilan tanishildi. Tashkilot rahbariyati va mutaxassis xodimlar bilan suhbatlashilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi hamda aholiga uzluksiz va sifatli toza ichimlik suvi yetkazib berilishini taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech