Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan viloyat hududida joylashgan vazirlik tarkibidagi sohaviy xizmatlarning faoliyati o‘rganildi
Namangan viloyati hududida jinoyatchilikni oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni saqlash hamda jamoat tartibini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kunu tun xizmat olib borilmoqda. Shu jumladan, Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan temir yo‘l va havo transporti infratuzilmasi obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlarida samarali faoliyat tashkil etilmoqda.
Xususan, boshqarma boshlig‘i tomonidan Namangan viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi va temir yo‘l vokzalida xizmat olib borayotgan xodimlar faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ularning kutish va harakatlanish sharoitlari, shuningdek, binoda jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, transport obyektlari va ularning atroflarida jinoyatchilikning oldini olish, noqonuniy holatlarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining masʼul xodimlari hamda navbatchilik qismi faoliyati o‘rganilib, ularning xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati