Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Pop tumanining kriminogen vaziyati va tungi xizmat faoliyati samaradorligi o‘rganildi
Viloyat IIB ishchi guruhi tomonidan shahar va tumanlarda tungi vaqtlarda jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash maqsadida xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyati o‘rganilib, xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berilmoqda.
Xususan, ishchi guruh Pop tumanida bo‘lib, “Chodak” mahallasidagi 1-son ichki ishlar bo‘linmasi va “Jamoatchilik nazorati maskani”, “Qo‘shminor” mahallasidagi “Hushyorlik maskani” faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, “Iskovut” mahallasi hududida joylashgan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 1-son TRIB maʼmuriy binosi hovlisida tuman markazi, “Anhor”, “Istiqbol”, “Sang” va “To‘da” mahallalariga xizmatga jalb etilgan xodimlar va "Pungon-Namangan" avtomobilʼ yo‘lida harakat xavfsizligini taʼminlayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlariga yo‘riqnoma berildi.
O‘rganishlar davomida tungi vaqtlarda aholi tinchligi hamda hudud osoyishtaligini taʼminlash, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining serqatnovligini inobatga olib, ushbu yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilarning hushyorligini oshirish, shuningdek, ushbu hududdagi savdo obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash va boshqa ustuvor masalalar yuzasidan masʼul rahbar hamda xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        