13 Noyabr 2025 yil 162

Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan aholi osoyishtaligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarga xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi

Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari hududida jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni barqaror saqlash hamda aholi osoyishtaligini taʼminlash maqsadida mazkur shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari boshqarma shaxsiy tarkibi bilan hamkorlikda tungi xizmatni tashkil etmoqda.

Jumladan, boshqarma rahbariyati tomonidan mazkur hududlarda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar uchun xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Unda, dastlab, shaxsiy xavfsizlik va xizmat intizomiga qatʼiy amal qilish, aholi tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha samarali faoliyat olib borish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi hamda shaxsiy tarkib xizmatga yo‘naltirildi.

Shuningdek, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi va u yerda tashkil etilgan viloyat kuz–qish ishchi guruhi faoliyati o‘rganilib, mavsum davomida aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan zudlik bilan tegishli chora-tadbirlarni belgilash, hududlardagi vaziyatni nazorat qilish va tahlil qilish orqali yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech