10 Oktyabr 2025 yil 32

Namangan viloyati IIB rahbariyati Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlarining aholi osoyishtaligini ta’minlashdagi tungi faoliyatini o‘rgandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kunu-tun xizmat olib borilmoqda. Mazkur tungi xizmat samaradorligini yanada oshirish maqsadida viloyat IIB rahbariyati tomonidan o‘rganishlar olib borilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, bu kabi o‘rganishlarning navbatdagi manzili Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘lib, dastlab “Qo‘riq” mahallasi hamda tuman markazida tungi xizmatni amalga oshirayotgan xodimlarning faoliyati tahlil qilindi va ularga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylar atrofiga ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari ham tekshirildi.

Shuningdek, tuman elektr tarmoqlari korxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilib, mutaxassis xodimlar bilan suhbatlashildi va zahira omborlaridagi ehtiyot qismlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida tungi xizmatni samarali tashkil etish, aholi tinchligini ta’minlash hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan mas’ullar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech