6 Noyabr 2025 yil 12

Namangan viloyati IIB rahbariyatining o‘rganish ishlari Pop tumanida davom ettirildi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari, shuningdek, sohaviy xizmatlar xodimlarining xizmat faoliyati, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tizimli ravishda o‘rganilmoqda. Ushbu jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda joylarda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Pop tumanida o‘tkazilgan navbatdagi o‘rganishlar davomida dastlab tuman markazidagi “A.Navoiy”, “Mustaqillik”, “Paxtakor”, “H.Olimjon”, “A.Qahhor” va “Kelachi” mahallalarida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda tungi xizmatni samarali tashkil etish, fuqarolar osoyishtaligini ta‘minlash hamda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “Mirishkor” mahallasi hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi, “G‘urumsaroy”, “Bog‘”, “Yangichek”, “Ittifoq”, “Toshqo‘rg‘on” va “Tepaqo‘rg‘on” mahallalarida jamoat xavfsizligini ta‘minlash va jinoyatchilikning oldini olish yo‘nalishida xizmat olib borayotgan tungi naryadlarning faoliyati ham atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini ta‘minlash, profilaktika ishlarini yana-da kuchaytirish hamda xizmat intizomini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, “Mirishkor” mahallasi hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining tungi vaqtlardagi xavfsizlik chora-tadbirlari o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan mas‘ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech