Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan xodimlarning ota-onalari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ular tomonidan salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov hamda IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi tomonidan Uychi tumani Ichki ishlar bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlarning oila-a‘zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda polkovnik Faxriddin Rahmatov davlatimiz tomonidan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar haqida maʼlumot berib, xodimlarni xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda Ichki ishlar organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari hamda ota-onalarga bu bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur ekanligi alohida taʼkidladi.
Shundan so‘ng, IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi tomonidan xodimlar turli salbiy holatlar, yaʼni korrupsion va tamagirlik holatlarini sodir etmaslik, xizmatni o‘tash davomida buyruq hamda qonunlarga qatʼiy amal qilishlari, noqonuniy xati-harakatlardan tiyilishlari haqida ogohlantirildi.
Uchrashuv so‘nggida, ijobiy ish ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar va ularning oila-aʼzolariga Boshqarma rahbariyatining esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati