Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Namangan tumanida o‘rganish ishlari olib borildi
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida ichki ishlar organlari xodimlarining tungi faoliyati, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlaridagi xavfsizlik holatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Namangan tumanida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish va muhim toifadagi obyektlarning qo‘riqlanishini samarali tashkil etish maqsadida xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida tuman markazida xizmat olib borayotgan va “Agrobank” binosini qo‘riqlashga jalb etilgan xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi, ularga belgilangan tartibda topshiriq berildi.
Shuningdek, tuman IIB Navbatchilik qismi ko‘zdan kechirilib, xizmatga jalb etilgan xodimlar tomonidan tungi xizmatni samarali tashkil etish, kelib tushayotgan xabarlar yuzasidan zudlik bilan tegishli choralarni ko‘rish masalalari tanqidiy muhokama qilindi va masʼullar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
Bundan tashqari, tuman elektr tarmoqlari korxonasida ham o‘rganish ishlari olib borilib, masʼul xodim va mutaxassislarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi tahlil qilindi. Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida zaruriy ehtiyot qismlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shu kabi o‘rganish ishlari viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati