3 Noyabr 2025 yil 59

Namangan viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi o‘rganish ishlari Yangiqo‘rg‘on tumanida olib borildi

Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan shahar va tumanlarda xizmat faoliyatini tizimli o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Har bir hudud bosqichma-bosqich o‘rganilib, ichki ishlar organlari xodimlarining mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi faoliyati chuqur tahlil qilinmoqda. Ushbu jarayonlar kelgusidagi xizmat faoliyatini yana-da samarali tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Viloyat IIB boshlig‘ining navbatdagi o‘rganish manzili Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘lib, o‘rganish davomida tuman markazi hamda “Iskovut” va “Barkamol” mahallalarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari va tungi naryad xodimlarining faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularga yo‘riqnoma o‘tkazilib, aholi osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatlarning oldini olish va hududlarda xavfsiz muhitni mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, tuman yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi faoliyati ham o‘rganilib, xodimlarga kuz-qish mavsumida hushyorlikni oshirish, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarligini nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida “Barkamol” mahallasi raisining mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish va aholi bandligini taʼminlashdagi takliflari bilan tanishilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech