1 Sentyabr 2025 yil
274
Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan maktablarda o‘rganish ishlari olib borildi
Joriy yil 2-sentyabr kuni Respublikamizning barcha hududlarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan taʼlim muassasalarida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan boshqarma boshlig‘i Pop, Chust va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablarda o‘tkaziladigan “Bilimlar kuni” tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida tuman hokimlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida maktablarda ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari atroflicha tekshirilib, masʼul xodimlarga tadbirlar davomida jamoat tartibini va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati