Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan sohaviy xizmat xodimlarining faoliyati o‘rganilmoqda
Viloyat IIB ishchi guruhi tomonidan shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari bilan birgalikda sohaviy xizmatlarning xizmat faoliyati tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar hamda xodimlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Xususan, boshqarma boshlig‘i tomonidan viloyat IIB Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazi hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida mas’ul xodimlar bilan suhbatlashilib, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida fuqarolarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazida esa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati