13 Dekabr 2023 yil 5145

Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Norin tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalarning faoliyati o‘rganildi

Bugun Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Elyorbek Ganiyev Norin tumanidagi “qizil” toifaga kiritilgan “Bobur”, “O‘zbekiston” va “Navoiy” mahallalariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, ushbu MFYlarning faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mazkur “qizil” toifaga kiritilgan MFY xodimlarining o‘tgan davr mobaynida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlar, shuningdek profilaktika inspektorlarining yurituvidagi hujjatlar o‘rganilib, hududda MFY xodimlari tomonidan yetarlicha ish tashkil etilmaganligi tanqid qilindi.

O‘rganishlar yakunida mazkur “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarni bosqichma bosqich “sariq”, “yashil” toifalarga o‘tkazish bo‘yicha tungi va kunduzgi xizmatlarni kuchaytirish, aholi muammolarini doimiy ravishda “mahallabay” o‘rganib, ijobiy hal etib borish masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Norin yo‘l patrul xizmat maskani xodimlarining ham faoliyati tekshirilib, xizmat davrida qonunchilikka qatʼiy amal qilishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech