1 Fevral 2024 yil 1410

Namangan viloyati IIB majlislar zalida polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalarining kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan taqdimot yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan masʼullarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, 2023-yilda amalga oshirilgan ijobiy ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisobi shuningdek, 2024-yildagi aniq, manzilli rejalar haqida axborot tinglandi.

Yig‘ilish so‘nggida polkovnik Sh.Aliyev masʼul xodimlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida aholi gavjum joylar, o‘quv muassasalari atrofida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarni xavfsizligini taʼminlash choralarini ko‘rish, yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini olib borish, mobil postlar tashkil etish, karantin xodimlari tomonidan bozorlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakillari bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligi va veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha reydlar olib borish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi 10-sonli qo‘shma qaror doirasida manzilli ish tashkil etish, ayniqsa voyaga yetmaganlar, yoshlar va xotin-qizlar jinoyatchilinini oldini olishda ularning bandligini taʼminlash, sohaviy xizmat boshliqlariga mazkur yo‘nalishlar va chora tadbirlarini amalga oshirish hamda ijobiy natijalarga erishish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech