Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan Pop tumanidagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Dastlab, Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan Pop tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkil etilgan sektorlar kesimidagi ishchi guruhga yo‘riqnoma o‘tkazilib, shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilindi.
Yo‘riqnoma yakunida Boshqarma boshlig‘i tomonidan ishchi guruh aʼzolari va masʼullarga aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini bu boradagi muammolarini o‘rganib, ijobiy hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Boshqarma boshlig‘i tuman sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida Pop tuman tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganib, bu yilgi mavsumni betalafot o‘tkazish, energiya resurslarni uzluksiz yetkazib berish hamda favqulodda holatlarga shay holda bo‘lish lozimligi haqida masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati