4 Sentyabr 2025 yil 189

Namangan viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 3-safarbarlik guruhi xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi

Hozirgi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Kosonsoy va qo‘shni tumanlarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l-patrul xizmat xodimlari uchun yangi maʼmuriy bino tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat IIB rahbariyati, tuman hokimi, faxriylar va hamkor tashkilot vakillari ishtirok etib, boshqarma boshlig‘i barchani Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan tabrikladi hamda davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan eʼtibor haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, ramziy lenta kesilib, binoda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.

Mazkur maskanda xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlarning maʼnaviy va kasbiy salohiyatini yuksaltirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatlar Kosonsoy va qo‘shni tumanlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning tinchligi va xavfsizligiga xizmat qiladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech