8 Oktyabr 2025 yil 72

Namangan viloyati IIB ishchi guruhi Kosonsoy tumanida tungi xizmat samaradorligini o‘rgandi

Jinoyatchilikni jilovlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Namangan viloyati IIB ishchi guruhi tomonidan shahar va tumanlarda tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruhning navbatdagi manzili Kosonsoy tumani bo‘ldi. O‘rganishlar davomida Namangan viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 3-safarbarlik guruhi xodimlari xizmat faoliyati tahlil qilinib, tungi vaqtlarda haydovchilar hushyorligini oshirish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, tuman hokimi va prokurori ishtirokida “Tagijar” mahallasidagi “Eshonbobo” masjidida xavfsizlik choralari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, “Namuna” mahallasi va tuman markazida tungi xizmatning tashkil etilishi, shuningdek bog‘ hududlarida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash choralari ko‘zdan kechirildi. Xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazilib, aholi osoyishtaligini taʼminlash va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuklatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech