Namangan viloyati IIB ishchi guruhi tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanida o‘rganish ishlari olib borildi
Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish va xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi samarali ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida boshqarma rahbariyati tomonidan o‘rganishlar olib borilib, joyida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, bugun boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tuman hokimi ishtirokida Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, “Ko‘prikboshi” mahallasidagi 1-sonli "Huquq-tartibot maskani", shuningdek, "Yorqin hayot" mahallasi va tuman IIB faoliyati atroflicha o‘rganildi. Mahalla yettiligi va hududga biriktirilgan masʼullarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda 2025-yil 18-avgust kuni qabul qilingan PQ-253-son Qarori asosida manzilli ishlarni tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati