5 Dekabr 2023 yil 4146

Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida joriy yilining 11 oyi yakuni va tezkor profilaktik tadbirlarning "Dolzarb 40 kunligi" doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Namangan viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini ijobiy hal etish borasida xodimlar tomonidan tunu kun amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugun shu munosabat bilan Boshqarma boshlig‘i huzurida sohaviy xizmat va shahar-tuman IIBlarining joriy yilining 11 oyi yakuni bo‘yicha jinoyatchilik ahvoli hamda "Dolzarb 40 kunligi" doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB rahbariyati va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.

Muhokama davomida viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan tezkor profilaktik tadbirlar natijalari atroflicha tahlil qilinib, bu borada yetarlicha ish tashkil etmagan masʼullar keskin tanqid qilindi.

Yig‘ilish yakunida viloyatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida hududlarga biriktirilgan masʼul rahbarlar bilan lozim chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, joylarda xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish tashkil etish, ularga amaliy yordam berish, kunlik profilaktik targ‘ibot hamda reyd tadbirlarini jadallashtirish, fuqarolar tinchligi va hudud osoyishtaligini taʼminlash yo‘nalishida ham tegishli vazifalar yuklatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech