21 Mart 2024 yil 11571

Namangan viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Shuxrat Xasanovich Aliyevning "21-mart - Navro‘z umumxalq bayrami" munosabati bilan bayram tabrigi

Milliy o‘zligimizning o‘ziga xos ayyomi bo‘lgan "Navro‘z-umumxalq bayrami" munosabati bilan ichki ishlar organlarining barcha xodimlarini hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolarini va faxriylarimizni samimiy muborakbod etaman.

Mamlakatimizda "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" degan bosh g‘oya asosida nishonlanayotgan bu bayram bizga o‘zligimizni, ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan unutilmas anʼanalarni, ona tabiatga bo‘lgan sharqona munosabatimizni butun dunyoga namoyish etadigan tarixiy ayyomdir.

Har qanday sharoitda ham o‘z burchini vijdonan bajarishga qasamyod qilgan mard va jasur ichki ishlar organlari xodimlarining bayram davomida, xalq sayllari va tadbirlarda osudalikni taʼminlashda olib borayotgan fidokorona xizmatlari hamda jasoratini barchamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Qadrli hamkasblar!

Fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni 21-mart “Navro‘z” ayyomi bilan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, uzoq umr, oilaviy totuvlik, dasturxoningizga to‘kinlik, qut-baraka tilayman.

Zimmangizdagi masʼuliyatli vazifalarni sharaf bilan ado etishingizda, Sizga kuch-quvvat, matonat, omad va zafarlar hamisha hamroh bo‘lsin.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, barqaror rivojlanishimiz bardavom bo‘lsin!

Shuxrat Aliyev, polkovnik

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Text to speech