Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Chust tumanidagi mahallalar faoliyatini o‘rgandi
Polkovnik Shuxrat Aliyev rahbarligidagi ishchi guruh Chust tumanida bo‘lib, unda "Qalʼai Poyon" va “Serob” mahallalari xodimlarining jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi bandligini taʼminlashdagi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida tuman sektor rahbarlari ishtirokida mahalla xodimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi muammolarini hal etish va ijtimoiy profilaktika yo‘nalishi bo‘yicha yetarlicha ish tashkil etilmaganligi, shu bilan birga mahallada yolg‘iz yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, spirtli ichimlik isteʼmol qilishga ruju qo‘ygan va jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktik tadbirlar olib borilmaganligi natijasida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilganligi keskin tanqid qilindi.
Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosini to‘liq taʼminlash, mahalla xodimlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar yuzasidan masʼul rahbar va xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati