20 Fevral 2024 yil 2586

Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashdi

Ochiq muloqot tarzda o‘tgan uchrashuvda, polkovnik F.Raxmatov o‘quvchilarga bugungi kundagi ichki ishlar organlari tizimidagi  islohotlar, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va sohada bo‘layotgan yangiliklar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, kelajakda shu sohada o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilarga tahsil olishi davomida ko‘proq kitoblar o‘qib, o‘zlarini dunyoqarashlarini boyitishlari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni o‘zlashtirishlari, chet tillarni o‘rganishlari hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun kerakli  tavsiyalar berib o‘tildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Uchrashuv so‘ngida, yuqori natijalarni qayd etgan bir qator iqtidorli, isteʼdodli va sportchi o‘quvchilariga hamda professor-o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alar va fahriy yorliqlar topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech