15 Sentyabr 2023 yil 3761

Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Aliyev Shuxrat Xasanovichning viloyat aholisiga hududdagi kriminogen vaziyat, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan murojaati

Joriy yilning 28-iyul kuni, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Respublika hududida jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish holati tanqidiy muhokama etilib, oldimizga aniq vazifalarni belgilab berdilar.

Prezidentimiz islohotlarimizning maqsadi inson qadrini ulug‘lashni eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etib, yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash orqali xalqimizni rozi qilishdan iboratligini alohida taʼkidlab o‘tdilar.

Yig‘ilishda Namangan viloyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan ham eʼtirozlar bildirildi. Ushbu eʼtirozlardan to‘g‘ri xulosa qilgan holda oldimizga kelgusida amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan aniq vazifalarni belgilab oldik.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, tizimli ishlar amalga oshirildi.

Viloyat miqyosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan 14 671 ta siyosiy, ommaviy-madaniy va sport tadbirlari davrida jamoat xavfsizligi to‘liq taʼminlandi.

Shu yil may oyida Namangan shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro gullar festivali” vaqtida jamoat xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, tadbirlarga kuniga 700 nafardan ortiq xodimlar xizmatga jalb etildi.

Mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari rahbarligida, sohaviy xizmatlar rahbarlari va malakali xodimlardan iborat 2 ta “Yig‘ma otryad” tashkil etilib, shahar va tumanlarga amaliy yordamlar ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida 100 ta hududlarga ajratildi va mazkur hududlarga joylardagi barcha darajadagi rahbarlar biriktirilib, ish samaradorligini oshirgan holda jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlar yo‘lga qo‘yildi.

173 ta mahallalarni qizil toifadan chiqarish maqsadida Prokuraturadan 36 nafar, Milliy gvardiyadan 20 nafar, Ichki ishlar organlaridan esa 117 nafar rahbar xodimlar masʼul etib belgilandi.

Qizil toifadagi mahallalardagi yosh xodimlarning o‘rniga malakali, tajribaga ega bo‘lgan 84 nafar profilaktika inspektorlariga almashtirildi.

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, aholi xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan samarali ishlar davom ettirilmoqda.

Joriy yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati hamda sport vazirligi tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini

belgilash to‘g‘risida”gi 10/3/05-sonli Qo‘shma qaror imzolanib, viloyatda ishchi guruhlar tashkil etildi.

30 mart kunidan boshlab 791 ta mahallalardagi beshlik aʼzolari tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratish yuzasidan kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunga qadar beshlik vakillari tomonidan 451.812 ta xonadonlar o‘rganilib, huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 8.766 nafar shaxslarga xulosalar taqdim etildi va 3.988 nafarining muammolarini ijobiy hal etildi.

O‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida 251 ta ochilmay qolgan jinoyatlar fosh etilib, qidiruvda bo‘lgan 231 nafar shaxslar ushlandi va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tashabbusi bilan 1.575 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlandi.

Shulardan 207 tasi giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lib, buning natijasida 35 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari olindi.

Viloyat IIO xodimlari tomonidan 35.446 nafar ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj shaxslar aniqlandi, 477 nafar shaxs narkologiya dispanserida davolatildi, 4.855 nafar mast holatda bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, 86.202 nafar shaxslarga maʼmuriy choralar ko‘rildi, 9.650 marotaba jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan mehnat jamoalarida uchrashuvlar o‘tkazildi.

 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturiga muvofiq yo‘l harakati xavfsizligi sinflari tashkil etildi, 112 ta maktablar jihozlanib, 1 tadan televizor va kompyuter to‘plamlari o‘rnatildi, 65 ta MFYlariga yo‘l harakati qoidalari o‘rgatish maydonchalari tashkil etildi, 39 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mahsus jihozlar bilan taʼminlandi.

Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida 98.174 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.

Harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, 1.372 ta yangi yo‘l belgilari o‘rnatilib, mavjud 1.819 tasi yangisiga almashtirildi, 12 ta hudud svetoforlar bilan taʼminlanib, mavjud 28 ta svetoforlarning ishlash rejimiga o‘zgartirishlar kiritildi, 152 ta joyda yangi piyodalar o‘tish yo‘li tashkil etilib, 198 tasi qayta chizildi.

Bularning natijasida esa viloyatda yo‘l-transport hodisalarni kamayishiga erishildi.

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra “voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri” joriy etilib, “Oila-mahalla-maktab-mustaqil hayot” tamoyili asosida har bir rahbarlarga tarbiyasi og‘ir o‘smir nomma-nom biriktirilib, mustaqil hayotga tayyorlash davrida ular bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi belgilab berildi.  

Viloyat hududidagi 10 ta Oliy taʼlim muassasalari, 4 ta akademik litsey, 27 ta o‘rta maxsus kasb-hunar maktablari va 714 ta umumtaʼlim maktablarida

o‘quv yili davomida 4.298 marotaba “Davomat” tadbiri o‘tkazildi, dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmay, nazoratsiz yurgan 5.377 nafar o‘quvchilar aniqlanib, ularning barchasi dars mashg‘ulotlariga qaytarildi, jinoyatlarni oldini olish maqsadida, 4.438 marotaba “Tig‘” tadbiri o‘tkazilib, jami 570 dona noqonuniy buyumlar aniqlandi, tungi vaqtda ko‘ngilochar (dam olish) joylarda bo‘lishlarini oldini olishga qaratilgan 3.954 marotaba “Tun” va “O‘smir” tadbirlari o‘tkazildi.

“Qizil” toifaga kiritilgan 22.890 nafar ko‘makka muhtoj yoshlarga masʼullarni biriktirish to‘g‘risidagi hokimlik farmoyishi ishlab chiqilib, og‘ir toifadagi yoshlar bilan individual ishlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishiga ko‘maklashish

maqsadida viloyat IIBning 49 nafar rahbar xodimlariga jami 1.930 nafar yoshlar biriktirildi.

Shuningdek, yoshlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritaga asosan 22.836 nafar yoshlar to‘garaklarga jalb etilib, 8.654 nafari qiziqishlariga ko‘ra kasb-hunarga o‘qitildi. Kelgusida yana 31.070 nafar yoshlarni to‘garaklarga, 18.668 nafarini esa kasb-hunarga o‘qitish maqsad qilingan.

Viloyatdagi 3.887 nafar tarbiyasi og‘ir bo‘lgan yoshlar bilan qayta jinoyat sodir etishlarini oldini olish maqsadida ularga 324 nafar rahbar xodimlar biriktirildi. Hozirgi kunda mazkur toifadagi shaxslarning mavjud muammolari o‘z o‘rnida hal etilib, yaqindan yordam berib kelinmoqda.

Xotin-qizlar masalalariga masʼul bo‘lgan xodimlar tomonidan 6.369 ta oilalar o‘rganilib, aniqlangan 1736 ta muammolari bartaraf etildi.

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar kuchaytirilib, 926 nafariga himoya orderi berildi.

Lekin, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sababli, viloyatda umumiy jinoyatlar 4.306 ta sodir etilib, 100  ming aholi soniga nisbati o‘rtacha 143,6 tadan to‘g‘ri keldi.

Jami 4.306 ta jinoyatlarning 2.527 tasi jinoyat qidiruv sohasi, 958 tasi iqtisodiyot sohasi, 821 tasi boshqa sohadagi jinoyatlar turiga kiradi.

Jinoyatlarning 2.793 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 1.513 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlarni tashkil etadi.

Aziz yurtdoshlar,

Namangan viloyati xalq deputatlari kengashida viloyat hududida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar muhokama qilinib, dastur ishlab chiqilib ijroga qaratildi va barcha sektor rahbarlarini masʼuliyati oshirildi.

Viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi muammolarni mahallabay, xonadonbay va fuqarobay hal etish choralarini ko‘rish maqsadida oldimizga aniq vazifalarni ham belgilab olganmiz.

Sektor rahbarlari muammolarini uyma-uy o‘rganib, aholining ehtiyojmand qismini ijtimoiy daftarlarga kiritgan holda hal etishga alohida eʼtibor qaratib, eng avvalo, qizil va sariq hududlardagi oilalarning muammolarini manzilli bartaraf etishga qaratamiz.

Haftaning 2 kunini voyaga yetmaganlar va yoshlar masalasiga ajratib, ularning bo‘sh vaqtini foydali tashkil etishga, kasb-hunarga yo‘naltirib, bandligini taʼminlashga, jinoyat yo‘liga kirishlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytiramiz.

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olish, mahallalarda jinoyat qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi aholi bilan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida ishlash bo‘yicha “mahalla beshligi”ga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Viloyat hududida o‘g‘irlik, firibgarlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tushuntirish va ogohlantiruv tadbirlarini kuchaytiramiz.

Aholi o‘rtasida ogohlik va jinoyatga murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, ochiqlik siyosatini taʼminlash maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan doimiy ravishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz.

Viloyatimizda xalq osoyishtaligi, farovonligini va jamoat xavfsizligini huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda taʼminlaymiz.


Shuxrat Aliyev, polkovnik

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Text to speech