6 Oktyabr 2023 yil 2441

Namangan viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Bugun Namangan viloyati IIB sohaviy xizmat xodimlari bilan navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Dastlab, Boshqarma Tibbiyot bo‘limining malakali diyetologi tomonidan birinchi navbatda xodimlarning to‘g‘ri ovqatlanish turmush tarzini yo‘lga qo‘yilishiga hamda yengil gimnastika mashqlari asosida tanani sportga chiniqtirilib borilishi, shuningdek semizlikni oldini olish bo‘yicha mustaqil rioya etiladigan ovqatlanish ratsioni haqida yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Mashg‘ulotni tana qizdiruvchi mashqlar bilan boshlab, Boshqarma tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadining malakali xodimi tomonidan xodimlarga qo‘l jangi usullaridan foydalanish, shaxsiy himoya mashqlari o‘rgatildi.

Shundan so‘ng, xodimlar bilan malakali mutaxassislar tomonidan sambo va jangovar sambo usullari bo‘yicha master klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarni jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini sifatli va samarali o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech