4 Noyabr 2023 yil 1809

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy-xizmatlari hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari bilan 7 ta mavzuda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Joriy yilning 30 oktyabr kuni Prezident Sh.M.Mirziyoyev  rahbarligida “Hududlarda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati hamda  bu  boradagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan Qo‘shma Qaror ijrosi yuzasidan, shqningdek, 1 noyabr kunidan 30 noyabr kuniga kadar IIV miqyosida o‘tkazilayotgan “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy-xizmatlari hamda hududiy  bo‘linmalari xodimlari bilan 7 ta mavzuda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Uzoq yillik tajribaga ega soha mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan trening davomida xodimlar jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda kasbiy bilimlarini mustahkamlash barobarida yangi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishdi.

O‘quv mashg‘ulotidan so‘ng ishchi guruh aʼzolari IIV Namangan Akademik litseyida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa Jamoat xavfsizligi universiteti va boshqa Oliy taʼlim dargohlari, ularda taʼlim olish mexanizmi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berishdi.

Ishchi guruhning keyingi manzili Namangan shahridagi “Dashtbog‘” MFY bo‘ldi. Ular beshlik aʼzolari bilan muloqot davomida hudud profilaktika inspektorining mahalla osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash yo‘lida amalga oshirgan samarali ishlariga guvoh bo‘lishdi.

Taʼkidlash lozimki, boy tajribaga ega ustozlardan bilim olish tizimda xizmat qilib kelayotan xodimlarning kelgusi faoliyatlarida davomli muvaffaqiyatlarga erishishlarida dastur-ul amal bo‘lib xizmat qiladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech