23 Oktyabr 2024 yil 1680

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasida "Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar" mavzusiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

So‘nggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dasturulamal amal bo‘la oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta bu yo‘nalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati IIBda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning quyi tizimdagi xodimlari o‘rtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni taʼminlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼul xodimi podpolkovnik G‘olibjon Nabiyev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari mayor Jaxongir Ibodov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi ishtirok etib yig‘ilish ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech