1 Aprel 2024 yil 12464

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida kasaba uyushmalarining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida tuzilgan Tarmoq jamoa kelishuviga asosan ichki ishlar organlarida ham kasaba uyushmasi qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligida jamoa shartnomasini imzolagan tomonlar har yili jamoa shartnomalarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida hisobot berib borishi taʼkidlangan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi masʼul xodimi E.Yusupov, Namangan viloyati Kengashi raisi Z.Jo‘rayev hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Q.Sadikovlar ishtirok etishdi.

Unda 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilgan ishlari atroflicha tahlil qilindi.

Konferensiyada korxona jamoat shartnomasida ko‘zda tutilgan bandlar ijrosi taʼminlanganligi va kelgusida ishchi-xodimlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar, muhtaram  yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etayotganligi, shu o‘rinda kasaba uyushmalariga alohida eʼtibor qilinayotganligi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Jamoa shartnomasi tuzishdan  maqsad va uning mazmun-mohiyati, shuningdek, xodimlar manfaatlari yo‘lida korxona jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Shundan so‘ng jamoa shartnomasini nazorat qiluvchi komissiya raisi jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi bo‘yicha tayyorlangan dalolatnomani ishtirokchilarga o‘qib eshittirdi, hisobotlari tinglandi va jamoa shartnomasining ijrosi konferensiya ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb topildi.

Shu bilan birga, kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibi saylandi.  

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh xodimlarga O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyat Kengashining “Tashakkurnoma”si hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech