2 May 2025 yil 451

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “qizil” toifadagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Bugun boshqarma ishchi guruhi Davlatobod va Namangan tumanlarida bo‘lib, joriy yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra “qizil” toifaga kiritilgan mahallalar yettiligi hamda masʼul xodimlarining faoliyatini o‘rgandi.

Dastlab, o‘rganishlar Davlatobod tumanining "Yangi Tong" mahallasida boshlanib, so‘ng "Xalqlar do‘stligi" va To‘raqo‘rg‘on tumanining "Isvaxon" mahallalarida davom etdi. Unda mazkur mahallalarning “qizil” toifaga kiritilishiga sababchi bo‘lgan omillar atroflicha tahlil qilindi. Tahlillar natijasiga ko‘ra, mahalla yettiligi va biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan manzilli ishlar tashkil etilmaganligi, shu bilan birga, PQ-1-son Qarori asosida yetarlicha chora-tadbirlar belgilanmaganligi keskin tanqid qilindi.

Shuningdek, masʼul xodimlarga mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish, o‘zaro hamkorlikda "mahallabay" hamda "xonadonbay" ish tashkil etish, jinoyatlarning oldini olish maqsadida esa aholi xonadonlari va boshqa fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni qo‘riqlovga olish, jamoat joylariga tashvish tugmalarini o‘rnatish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborort xizmati

Text to speech