Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining safdorlar tarkibida bo‘sh bo‘lgan lavozimlar uchun tanlov eʼlon qilinadi
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha Namangan viloyati hududida ro‘yxatda turishi;
- harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (muddatli yoki SCHR);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;
- bo‘yi 170 (bir yuz yetmish) santimetrdan past bo‘lmasligi;
- oliy pedagogik va yuridik maʼlumotga ega bo‘lishi.
Quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar, istisno tariqasida, test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod qilinadi:
-ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan nomzodlar;
-oliy taʼlim tashkilotlarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
-professor-o‘qituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
-sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 - 3 o‘rin) individual turlarida g‘olib chiqqan nomzodlar;
-talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan nomzodlar.
- xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari (faqat test sinovidan ozod etiladi).
Lavozim faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, ularning hayoti va sog‘lig‘ini jinoiy hamda boshqa tajovuzlardan himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash choralarini ko‘rish maqsadida ko‘chalar, mahallalar, turar joy massivlari, dahalar, mikrohududlar, ko‘ngilochar maskanlar, shuningdek, maydonlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning atrof hududlari va boshqa jamoat joylarida patrullikni amalga oshirish; bedarak yo‘qolgan shaxslarni aniqlash, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga olib borish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligi taʼminlash, huquqbuzarliklardan jabrlargan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan tahdidlarni bartaraf etish. (Oliy pedagogik va yuridik maʼlumot talab etiladi)
Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.
Ro‘yhatdan o‘tish muddati 2025-yilning 25-oktyabr kunidan 5-noyabr kuniga qadar.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni kb.iiv.uz sayti, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sayti, viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda telegram messendjeridagi @nomzod2020 manzili yoki 69-210-32-06 va 95-707-85-86 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Namangan viloyati IIB MMIvaKBTX